12:40 / 23.07.2016
5492

OAV: G20 yig‘ilishida Turkiyaning demokratik prinsiplarga sodiq qolishi aytildi

Foto: Getty images

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mexmet Simsek G20 doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida mamlakat hukumati davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinishdan so‘ng ham demokratik prinsiplarga sodiqligicha qolishi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. 

«Eng boshidan shuni aytib o‘tishni istar edimki, bir hafta muqaddam Turkiyada bo‘lgan voqealarga qaramay mamlakat hukumati demokratik prinsiplarga sodiq qoladi», — dedi siyosatchi.

U G20 mamlakatlarining moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari yig‘ilishida mazkur sohada “biroz o‘zgarishlar kiritilgani”ni ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top