15:59 / 23.07.2016
12293

Savchenko diktator prezident bo‘lmoqchi

Ukrana Oliy radasi deputati Nadejda Savchenkoning fikricha, mamlakatdagi siyosiy tizimni faqatgina «yuqoridan», diktatura qoidalarini ishga solgan holda o‘zgartirish mumkin, deb xabar qilmoqda Deutsche Welle.

«Vakolatlarni, mamlakat tuzilmasini o‘zgartirish, insonlar orasida ustivor bo‘lishi uchun qonunlarni qayta joriy etish, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun hamma imkoniyatni o‘z qo‘lida to‘plagan diktator bo‘lish lozim. Xalq hokimiyatini qaytarish va boshqa hech kim xalqdan uni tortib olmasligi uchun», — degan Savchenko.

Deputat o‘zining prezident bo‘lish orzusini izohlar ekan, u zaruriyat sababli davlat rahbari lavozimi uchun kurashmoqchi ekanini aytgan. 

«Men xohlamasligimni, ammo bo‘la olishimni aytgandim. Endi esa, har xolda prezident bo‘lishim kerak, deb o‘ylayman», — degan Savchenko.

Avvalroq, Nadejda Savchenko ukrainaliklar ertami-kechmi Donbassda halok bo‘lganlarning yaqinlaridan uzr so‘rashini aytgan edi.

Mavzuga oid
Top