00:51 / 23.07.2016
8433

Snayperlar bo‘lgan vertolyotlar Myunxendagi merganlarni qidirishga qo‘shildi

Foto: dpa

Germaniya chegara xizmati vertolyotlari Myunxenda otishma sodir etgan jinoyatchilarni qidirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda. 

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotlarda snayperlar bor. 

Butun janubiy Bavariyadagi politsiya bo‘limlari Myunxenga to‘planmoqda. Shaharning shimoliy qismida ko‘plab transport koridorlari qo‘yilgan.   

22 iyulda kechki payt Myunxendagi "Olimpiya" savdo markazida noma'lum kimsa otishma sodir etgan. OAV dastlab 15 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan, biroq ayni vaqtga kelib politsiya 6 kishining halok bo‘lganini ma'lum qilmoqda.

Top