23:02 / 24.07.2016
7891

Avstraliya Milliy Olimpiya qo‘mitasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog‘ini yashash uchun yaroqsiz deb topdi

Avstraliya Milliy Olimpiya qo‘mitasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog‘ini yashash uchun yaroqsiz deb topdi. Bu haqda Sydney Morning Herald nashri xabar bermoqda. 

Avstraliya MOQ vakillari Olimpiya delegatsiyalari bo‘lgan joylarda quvurlardan suv oqib yotgani, hojatxonalar ishlamagani, zinapoyalarda chiroq bo‘lmaganiga e'tibor qaratishgan. Ta'kidlanishicha, Olimpiada ijroiya qo‘mitasi nosozliklarni bartaraf etish uchun joylarga tegishli xodimlarni yuborgan.  

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada boshlanishiga 11 kun qolmoqda.

Top