16:20 / 24.07.2016
4774

Bag‘doddagi terakt qurbonlari soni 21 nafarni tashkil qilmoqda

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri shimolida terrorchi-xudkush hujumi orqali sodir etilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 21 nafarga yetdi. Shuningdek, kamida 35 kishi jarohatlangan.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 10 nafarligi, 20 kishi jarohat olgani haqida aytilgandi.

Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top