17:15 / 24.07.2016
15961

Messi ta'tildan sochlari rangi o‘zgargan holda qaytdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messining imiji keskin o‘zgardi. U sochlarini bo‘yatgan. 

Argentinalik futbolchining sochi kulrangni eslatuvchi platina rangiga bo‘yalgan. Bundan oldinroq, "Arsenal" futbolchisi Aaron Remsi hamda "kanonirlar"ning sobiq futbolchisi Samir Nasri ham sochlarini shunday rangga bo‘yagandi.

Ayni vaqtda u kataloniyaliklar jamoasi safida mavsumoldi yig‘inlariga kirishgan.

Bugun Messi Amerika Kubogi tufayli o‘ziga berilgan ta'tilni muddatidan oldin yakunlab, jamoa safiga qaytgani haqida xabar berilgandi.

Top