"Barselona" hujumchisi Lionel Messining imiji keskin o‘zgardi. U sochlarini bo‘yatgan.
Argentinalik futbolchining sochi kulrangni eslatuvchi platina rangiga bo‘yalgan. Bundan oldinroq, "Arsenal" futbolchisi Aaron Remsi hamda "kanonirlar"ning sobiq futbolchisi Samir Nasri ham sochlarini shunday rangga bo‘yagandi.
Ayni vaqtda u kataloniyaliklar jamoasi safida mavsumoldi yig‘inlariga kirishgan.
Bugun Messi Amerika Kubogi tufayli o‘ziga berilgan ta'tilni muddatidan oldin yakunlab, jamoa safiga qaytgani haqida xabar berilgandi.