14:39 / 24.07.2016
17388

Moskva janubida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi

24 iyulga o‘tar kechasi Moskva janubida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. "Moskva" shahar yangiliklari agentligi xabariga ko‘ra, to‘qnashuv Kashir shossesidagi 59 uy oldida ro‘y bergan va unda 12 kishi ishtirok etgan.

Voqea joyiga politsiyachilar hamda tibbiyot xodimlari chaqirilgan.

To‘qnashuvda jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar keltirilmagan.

Tergovda talqiniga ko‘ra, mushtlashuvga diniy marosimga oid biznes doirasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan. To‘qnashuvda ishtirok etgan 12 kishi qo‘lga olingan. Uning tashkilotchisi Xovanskiy qabristonining sobiq direktori Yuriy Chabuyev ekani aytilgan.

14 may kuni Moskvaning Xovanskiy qabristonida muhojirlar va mahalliy aholi vakillari o‘rtasida ro‘y bergan ur-to‘polonda  otishma ham ro‘y bergan, buning oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi shifoxonaga yotqizilgandi.

Top