18:21 / 24.07.2016
8116

"Myunxenlik mergan" hujumga 1 yil davomida tayyorgarlik ko‘rgan

Bavariya shahri markazida 22 iyul kuni otishma boshlab, 9 kishini o‘ldirgan o‘smir, "Myunxenlik mergan" deb atalayotgan, asli kelib chiqishi eronlik bo‘lgan 18 yoshli Ali Sunbuliy hujumga 1 yil davomida tayyorlangan. Bu haqda Bavariya yeri jinoyatchilikka qarshi kurash xizmati rahbari Robert Haymberger ma'lum qildi.

"Jinoyatchi o‘z hujumini o‘tgan yilning yozida rejalashtira boshlagandi", degan u.

Haymberger u hujum uyushtiradigan joyini o‘rgangani, lekin qurbonlar tasodifiy bo‘lganini aytgan.

Myunxen shahridagi Olympia-Einkaufszentrum savdo markazidagi otishmadan keyin 9 kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohatlandi.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, jinoyatchi yolg‘iz harakatlanib, oxirida o‘z joniga qasd qilgan.

Top