18:56 / 25.07.2016
3667

AQShdagi jazirama olti kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto:© Flickr

AQShning markaziy va sharqiy qismlarida jazirama sabab olti kishi hayot bilan vidolashdi. Bu haqda mamlakat Milliy meteorologiya xizmati ma'lumotiga asoslanib, CNN telekanali xabar bermoqda.

Arizona shtatining Finiks shahri o‘t o‘chirish xizmati vakilining ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida 12 yashar qizcha halok bo‘lgan. O‘shanda u 40 darajali issiq zarbaga qolib ketgan.

Michigandagi Detroyt shahrida yana besh nafar keksa yoshidagi kishi yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i Rozvill Jyeyms Berlin xabar bergan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Detroyt o‘t o‘chirish xizmati xodimlari aholiga yong‘indan xavfsizlanishga yordam bermoqda. Ular ichimlik suvi tarqatishmoqda va maxsus muzlatgichli sharoitlar tayyorlashmoqda.

Top