12:39 / 25.07.2016
6123

International Champions Cup. «Manchester Siti» – «MYu» uchrashuvi bekor qilindi 

International Champions Cup turniri tashkilotchilari «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» uchrashuvini bekor qilishdi. Bunga Xitoy shimolidagi kuchli yomg‘irlar tufayli Pekindagi stadion chimi futbol o‘ynash talablariga javob bermaydigan holatga tushgani sabab bo‘lgan.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30da, Pekin shahridagi "Milliy" stadionda o‘tkazilishi kutilayotgandi.

Qayd etish kerakki, bu uchrashuv arafasida katta anshlag yuzaga kelgan, ikki jamoaga yangi mavsum arafasida bosh murabbiy sifatida kelgan mutaxassislar Xosep Gvardiola hamda Joze Mourino qarama-qarshiligi qaytishi barchada katta qiziqish uyg‘otgandi.

Endi bu ikki murabbiyning 3 yil to‘xtab qolgan to‘qnashuvi sentabr oyida, APLning 4-turi doirasida ro‘y beradi.

Manba: Tribuna.uz

Top