18:30 / 25.07.2016
10734

Muz bo‘lagidan quvongan panda ziyoratchilarni xushnud qildi

Xitoyda Veyvey laqabli katta panda jaziramadan muz bo‘lagi yordamida himoyalanmoqda. Bu haqida Daily Mail xabar berdi. 

Bambuk ayig‘i Uxan shahridagi (Xubey provinsiyasi) hayvonot bog‘ida yashaydi. Hozirgi vaqtda bu mintaqadagi havo harorati 36 darajaga yetdi. 

Veyveyni issiq urmasligi uchun unga 200 kilogrammli muz bo‘lagani berishdi. Erkak panda muz bo‘lagida sirpanib va vaqti-vaqti bilan uni yalab,  hayvonot bog‘i ziyoratchilarining ko‘ngilini ovladi. 

“Katta panda bambukdan keyingi eng yaxshi narsani topgani uchun kuni bo‘yi muz bo‘lagini quchoqlab yurdi”, - deb yozadi gazeta. 

 

Mavzuga oid
Top