18:11 / 25.07.2016
6777

Turkiya TIV: «Gulen sabab AQSh bilan aloqalarimiz keskinlashishi mumkin»

Turkiya hamda AQSh o‘rtasidagi munosabatlar Fathulloh Gulen sabab yomonlashishi mumkin. Bu haqda Mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu Turkiya telekanalidagi chiqishida ma'lum qilgan.

«Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar keskinlashishiga sabab bo‘ladi»,- deb vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Haberturk TV.

Turkiya mamlakatdagi harbiy to‘ntarishga urinishda Fathulloh Gulenni aybdor deb hisoblamoqda. U ayni vaqtda AQShda istiqomat qiladi. Turkiya AQShga Gulenni qaytarish bo‘yicha rasman murojaat qilgan. AQSh Gulenni qaytarishga qarshi emas, lekin avval turklar uning to‘ntarishga aloqasi borligi haqida yetarlicha dalil keltirishlari kerak.

Top