18:00 / 26.07.2016
7897

3D-filmlarni ko‘zoynaksiz ko‘rish imkonini beruvchi texnologiya ishlab chiqildi

Massachusets texnologiya instituti qoshidagi Kompyuter fanlari va sun'iy intellekt laboratoriyasi (CSAIL) olimlari, kinoteatrlardagi 3D-filmlarni stereoskopik ko‘zoynaksiz tomosha qilish imkonini beradigan texnologiya ishlab chiqishdi. Cinema 3D deb nomlanayotgan tizim, keng hajmli tasvirni har bir kursida o‘tirgan tomoshabinga alohida "yo‘naltiradi" va shu bilan tasvirni yanada aniqroq bo‘lishini ta'minlaydi. 

Biroq, MIT profesori Voysex Matusikning aytishicha, "hozirgi mavjud texnologik yechimlar vositasida 3D filmlarni 'ko‘zoynaksiz' ko‘rish uchun, ularning ekran tasvir o‘lchami juda ham katta bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra, ulardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Yangi texnologiya esa, yirik o‘lchamdagi 3D filmlarni oddiy ko‘z bilan ko‘rish imkonini beradi".

MITda ma'lum qilishlaricha, ko‘zoynak talab etilmaydigan 3D-televizorlar parallaks to‘siq texnologiyasini qo‘llaydi. Bunda tomoshabin ekranga o‘rnatilgan yoriqli to‘siqlar sabab, chap ko‘zi bilan ba'zi piksellarni ko‘rsa, o‘ng ko‘zida boshqa piksellarni ko‘ra oladi. To‘siqli parallaksning asosiy kamchiligi shundan iboratki, tomoshabin aniq bir joyda televizor qarshisining markazida o‘tirishi kerak bo‘ladi. O‘shandagina, u oddiy ko‘z bilan 3D-samarasini seza oladi. 

CSAIL ushbu texnologiyani katta ekranlarga moslashtirib, tomosha zalidagi har bir o‘rindiq uchun alohida parallaks to‘siq barpo etishni taklif etmoqda. Shu bilan Cinema 3D texnologiyasi kinoteatrga tashrif buyurgan kishiga, ko‘rish burchagi va o‘tirgan joyidan qat'iy nazar bir xil tasvirni ko‘rishiga imkoniyat yaratadi. 

Biroq, hozircha bularni amaliyotga tatbiq qilish uchun ancha bor. MIT tadqiqotchilari ixtiyorida Cinema 3D ning ishchi prototipi bor xolos, uning hajmi esa iPad o‘lchamiga mos keladi.

Top