10:57 / 26.07.2016
12801

BAT Uzbekistan’ga ishlab chiqarish bo‘yicha yangi direktor tayinlandi

British American Tobacco Uzbekistan (BAT Uzbekistan) ishlab chiqarish bo‘yicha direktori etib Dmitriy Osovik tayinlandi. Bu haqda «BAT Rossiya» matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Dmitriy Osovik yangi lavozimida British American Tobacco kompaniyasining O‘zbekistondagi ishlab chiqarish bo‘limlari rivojlanishiga mas'ul bo‘ladi.

Dmitriy Osovik yangi lavozimda British American Tobacco ning O‘zbekistondagi ishlab chiqarish bo‘limi, sigaretlar bo‘limi va xom ashyo yetkizib berish bo‘limi rivojlanishi uchun javob beradi”, — deyilgan xabarda.

Bungacha u Saratov viloyatidagi sigaret fabrikasi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.

British American Tobacco Uzbekistan  portfeli Kent, Pall Mall va Viceroy oilalari kabi mashhur xalqaro markalarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda sotiladigan sigaretlarning aksariyat qismi Samarqand sigaret fabrikasida ishlab chiqariladi. Samarqand sigaret fabrikasi 1997 yilda qurilgan bo‘lib, zamonaviy yuqori texnologiya asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Fabrikaning ishlab chiqarish hajmi salohiyati yiliga 20 milliard sigaretani tashkil etadi va uning bu quvvati mahalliy bozorni to‘la qondirib, qo‘shni davlatlarga jahon sifatidagi mahsulotni yetkazib berish imkonini beradi.

British American Tobacco Uzbekistan  shuningdek, tamaki bargini qayta ishlash va eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi. Kompaniya Samarqand viloyati fermerlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Shu munosabat bilan Urgut fermentatsion zavodida qayta ishlanadigan tamakining raqobatbardosh sharqona turlari bo‘lmish «Izmir», «Basma», «Dyubek», hamda mashhur «Virjiniya» tamaki turlari o‘zlashtirilgan. Hozirda O‘zbekiston tamakisi dunyoning 10dan ziyod mamlakatlariga, xususan, AQSh, Germaniya, Turkiya, Malayziya, Janubiy Afrika, Rossiya mamlakatlariga eksport qilinadi.

Samarqand sigaret fabrikasi va Urgut fermentatsion zavodining sifat boshqaruvi tizimi ISO 9001 standartiga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatsiyalangan.

British American Tobacco kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 1994 yildan beri ishlaydi va 1000 ortiq xodimga ega. British American Tobacco O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari miqdori 300 million AQSh dollaridan oshgan.

Top