19:53 / 26.07.2016
7053

Xitoylik juftlik 80 yillik turmushdan keyin ilk nikoh suratlarini oldirdi

Xitoylik juftlik Sun Tsinlin va Sun Lishi 80 yillik turmushdan keyin ilk nikoh fotosessiyasini oldirdi. 102 yoshli er va 99 yoshli rafiqa Anxoy viloyatida yashaydilar. Ularning 6 farzandi, 5 nabirasi va 4 evarasi bor, deb xabar bermoqda People nashri.

Bobo va momoning aytishicha, ularning nikoh marosimi 1936 yilda o‘tgan va uncha to‘kin-sokin bo‘lmagan: stolda bor-yo‘g‘i uchta likopchada taom bo‘lgan.

Shuning uchun juftlik 23 iyulda birgalikdagi turmushining 80 yilligini nishonlash vaqtida ilk nikoh suratlarini oldirdilar. Juftlikka o‘nlab ko‘ngillilar yordam berdilar, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bunday uzoq turmushni munosib baholashdi va keksalarga sog‘liq va ko‘p yil umr ko‘rishlarini tilab qolishdi. "Ular shunchalik uzoq birga yashashgandan chinakamiga baxtiyorman", deb aytdi foydalanuvchilardan biri. Yana bir foydalanuvchi juftlikni "yoqimtoy" deb atadi.

Top