19:55 / 26.07.2016
4646

Iroqning mamlakatda IShID jangarilari faollashgandan keyin ko‘rgan zarari 23 mlrd dollarni tashkil qildi

Iroqning mamlakatda IShID jangarilari faollashgandan keyin ko‘rgan zarari 23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Iroq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi maslahatchisi Ibrohim ash-Shuk ma'lum qildi.  

Uning aytishicha, "IShID Iroqda katta miqyosdagi jangovor harakatlarni boshlagan  2014 yildan beri ko‘rilgan zarar 23 mlrd dollarni tashkil qilmoqda". Ash-Shukning ta'kidlashicha, jangarilar o‘zi nazorat qiladigan hududlarni cho‘lu-biyobonlarga aylantirmoqda, jamoatchilik va xususiy binolarini vayron qilmoqda, madaniyat yodgorliklarini tunamoqda va arxeologik majmualarga tegishli noyob asori-atiqalarni mamlakat tashqarisiga sotmoqda.  

Ash-Shukning aytishicha, IShIDning harakatlari tufayli Iroqda ichki ko‘chirilgan odamlar soni muntazam ko‘paymoqda, hozirda ularning soni 3,6 mln dan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ash-Shuk jangarilar qo‘lida hanuzgacha 3,2 ming nafar kurd-yezid asirda qolayotganini aytdi. Ularning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil qiladi.

Top