17:37 / 26.07.2016
16927
Eng novcha kishilar istiqomat qiluvchi mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

Shifokorlar dunyoning eng baland bo‘yli ayollari va erlari istiqomat qiladigan mamlakatlar ro‘yxatini e'lon qildi. Olimlarning ushbu tadqiqotga bag‘ishlangan qo‘shma NCD Risk Factor natijasi eLife jurnalida e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda The Guardian gazetasi.

Shunday qilib, jozibali jins vakillalari orasida eng baland bo‘ylilari Latviyada istiqomat qilib, ularning o‘rtacha bo‘yi 169,8 smni tashkil etadi. Eng bo‘ydor erkaklar sifatida o‘rtacha 182,5 sm bilan niderlandiyaliklar faxrlanishi mumkin. Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, latviyalik ayollar 1914 yilda bu borada atigi 28-o‘rinni band etishgan. Niderlandiyalik erkaklar esa 12-o‘rinda bo‘lgan. 

Janubiy Koreya va Eron fuqarolarining o‘sish sur'atlari jadalligi bilan ajralib turmoqda. So‘nggi yuz yillikda koreys ayollarining bo‘yi 20 smga cho‘zilgan bo‘lsa, eronlik erkaklar 16,5 smga o‘sgan. Eng past erkaklar sharqiy Timorda (159,8 sm), eng pakana ayollar Gvatemalada (149,4 sm) ekani qayd etilgan.

Umuman, tadqiqot o‘tkazilgan mamlakatlar aholisining bo‘yi o‘rtacha 11 smga o‘sgan. Hozirgi vaqtda, bu ko‘rsatkich erkaklar uchun 177,5 smni, ayollar uchun 164,4 smni tashkil etmoqda. 

Olimlarning fikricha, endilikda Yer aholisi bo‘yining o‘sish tendensiyasi aksincha rivojlana boradi. Inson bo‘yining o‘sishiga esa, turmush darajasining yuqoriligi sabab bo‘lgan.

Top