18:01 / 26.07.2016
4695

Ozarbayjondagi portlash oqibatida jarohatlangan 11 kishining 6 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda

Ozarbayjonning Shirvon shahri hududidagi qurol zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida jarohatlangan 6 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar tarqatdi.

Ayni vaqtda qurol zavodi hududida chiqqan yong‘in davom etmoqda.

Bokudan Shirvonga 2ta tez tibbiy yordam bo‘linmasi yetib borgan. Ayni vaqtda jarohatlanganlar Shirvondagi shifoxonada qolmoqda.

Portlash oqibatida kamida 11 kishi jarohatlangani haqida aytilgan.

Top