09:09 / 26.07.2016
3953

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi BMTda ro‘yxatdan o‘tdi

Foto: npr.org

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) nohuqumat tashkiloti BMT qoshida maslahatchi maqomini olishga muvaffaq bo‘ldi, deyiladi tashkilot saytida. 

Aniqlik kiritilishicha, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining sessiyasi chog‘ida shunday qaror qabul qilingan. 

Qo‘mitaning ijrochi direktori Joel Saymonning qayd etishicha, CPJ tashkilotining BMTda ro‘yxatdan o‘tishda qarshilikka duch kelgani xalqaro hamjamiyat tashvishini uyg‘otishi lozim. 

May oyi oxirida, ayni masalaga oid ovoz berish chog‘ida, BMT nohukumat tashkilotlari bo‘yicha qo‘mitasi, CPJ ga maslahatchi maqomini berishga qarshi chiqqan edi.

Top