22:31 / 27.07.2016
19482

28 karra jahon rekordchisi Yelena Isinbayeva Putin bilan uchrashuv vaqtida yig‘lab yubordi

Rossiyalik sportchilar Olimpiada o‘yinlarida qatnashishlari aniq bo‘lgandan keyin mamlakat prezidenti Vladimir Putin ularni Rioga kuzatish marosimida qatnashdi.

Sportchilar nomidan so‘zga chiqqan ikki karra Olimpiada chempioni Yelena Isinbayeva hayajondan yig‘lab yubordi. U Putindan sportchilarni himoya qilishini so‘radi.

«Biz g‘irromlik yo‘li bilan mamlakatni sharmanda qilgan sportchilar sabab jazolanishimiz mumkin edi, lekin bunday bo‘lmadi. Sportchilar, barchamiz bizni qo‘lini bigiz qilib ko‘rsatayotganlarga ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Vladimir Vladimirovich, sizdan iltimos, bizni bunday ig‘volardan himoya qiling»,- deydi so‘zi oxirida Lena.

Yelena Isinbayeva yengil atletika tarixidagi eng nomdor sportchilardan biri hisoblanadi. U 2004 va 2008 yilgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni, 2012 yil bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Balandlikka sakrash bo‘yicha oz emas, ko‘p emas, 28 marta jahon rekordini yangilagan. Langarcho‘pda 5 metrdan yuqoriga sakragan birinchi ayol sportchi.

Top