10:38 / 27.07.2016
9116

Yerevanda patrul-post xizmati binosini bosib olgan ikki bosqinchi politsiyaga taslim bo‘ldi

Yerevanda patrul-post xizmati binosini bosib olgan qurolli guruhning ikki a'zosi politsiyaga taslim bo‘ldi, deb ma'lum qildi feysbukda Armaniston politsiyasi matbuot kotibi Ashot Agaronyan. 

"Huquq-tartibot muassasalariga qurolli guruhning a'zolari Gagik Yegiazaryan va Aram Akopyan taslim bo‘ldi. Shuningdek, otishma yuz berdi va uning oqibatida politsiyachi va qurolli guruh a'zolari Pavel Manukyan va uning o‘g‘li Aram yaralandi", deb yozdi Agaronyan.

Uning aytishicha, barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.

Avvalroq qurolli guruh a'zolari tartibsiz o‘t ochganlari ma'lum qilingandi

Top