17:11 / 27.07.2016
7031

Yozgi transferlar. APL klublari mablag‘ sarflashda yetakchilik qilmoqda

Kuchli beshlik chempionatlari klublari joriy yozgi transferlar mavsumida hozirgacha jami 1,9 milliard yevro sarfladi.

Eng ko‘p mablag‘ni ingliz klublari sarflashgan – 600 million yevro.
«Manchester Yunayted» va «Liverpul» (80 milliondan), «Arsenal» (45 million) eng ko‘p sarflagan klublar bo‘lib turibdi. Chempionshipda «Nyukasl» faol harakat qilmoqda (40 million yevro), bu jamoa Ispaniya La Ligasining 15 klubidan ko‘proq mablag‘ sarflab ulgurdi.

Bu borada ikkinchi natija Bundesliga tomonidan qayd etilgan – 434 million yevro.
«Borussiya» Dortmund – 113 million yevro, «Bavariya» 73 million yevro.

Uchinchi o‘rin A Seriya vakillariga tegishli – 417 million yevro.
Italiyada hammadan ko‘proq «Yuventus» xarajat qildi (112 million).

Ispaniya La Ligasi – 288 million yevrolik natija bilan to‘rtinchi o‘rinda.
«Barselona» (75 million yevro), «Atletiko» (49 million yevro), «Real» (30 million yevro).

Fransiya Liga 1 jamolari esa 144 million yevro sarflab beshinchi bo‘lgan.
Bu liganing eng faol vakili PSJ bo‘lmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Top