07:13 / 27.07.2016
4128

Facebook barcha istovchilarga 1,5 mingta kvartira qurmoqchi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i Menlo-Park shahrida o‘zining bosh qarorgohi yonida shaharda turar joy binolari yetishmovchiligiga barham berish va o‘z hududini kengaytirish huquqini olish uchun 1,5 mingta kvartira qurmoqchi. Bu haqda WSJ nashri ma'lum qildi.

Facebook shahar ma'muriyatiga o‘zining kampusini kengaytirish va barcha istovchilar tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan bir nechta hududlarni yaratish istagi bilan murojaat qildi. Shahar meriyasida shaharda shundoq ham turar joy binolari yetishmasligi muammosi mavjudligi va ijtimoiy tarmoq bu yerda yana 6,5 ming xodimini joylashtirib, vaziyatni chigallashtirib yuborishi sababli bunga ruxsat bermadi.

Bunga javoban ijtimoiy tarmoq ma'muriyati ko‘p kvartirali uylarni qurishni taklif qildi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq 15 foiz kvartiralarni kam ta'minlangan oilalarga berishga va'da berdi.

Top