14:53 / 27.07.2016
5836

Gvardiola «Manchester Siti»ning ortiqcha vaznga ega futbolchilarini mashg‘ulotlarga qo‘ymayapti

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumoldi yig‘inlari vaqtida futbolchilarning ortiqcha vazn to‘plashiga qarshi qat'iy choralar ko‘rmoqda.

«Murabbiylar sog‘liqning muhimligi haqida tinmay takrorlashmoqda. Masalan, Gvardiola ortiqcha vazni bor futbolchilarning umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishini taqiqladi.

Ba'zi jamoadoshlarimiz shu sabab tufayli biz bilan birga shug‘ullanmayapti. Biz endi yanada mas'ultiyatli bo‘lishimiz kerak. Agar sening odatdagi vazning – 60 kilogramm bo‘lsa, sen esa 70 kilogramm chiqsang, maydonga tushmasliging kerak, axir bu holatda osonlik bilan jarohat olishing va jamoa uchun muammolar tug‘dirishing mumkin. Bu muhim», – degan jamoa a'zolaridan biri Gael Klishi.

Gvardiola shuningdek, futbolchilarga ba'zi ichimliklar, pitssa va boshqa yuqori kaloriyali taomlarni taqiqlagan.

Bundan oldinroq, Samir Nasri va Yaya Ture shunday muammolar bilan to‘qnashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top