09:27 / 27.07.2016
5040

iPhone sotuvi ketma-ket ikkinchi chorakda past ko‘rsatkichni qayd etdi

Apple kompaniyasining navbatdagi chorak yakunlari bo‘yicha hisobotida qayd etilishicha, iPhone sotuvi ketma-ket ikkinchi chorakda ham tushib ketgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bu ko‘rsatkich kutilganidan 15 foiz past ekani ma'lum qilingan. Hisobotda keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya 40,4 mln dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan. Tahlilchilar esa 40,02 mln qurilma sotilishini prognoz qilishgan edi.

Kompaniyaning ikkinchi chorakdagi sof foydasi 27 foizga tushib ketib, 7,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Tushum miqdori 42,36 mlrd dollarga baholangan.

Apple mahsulotlarining Xitoydagi sotuvi yanada keskin tushib ketgan: uchinchi chorakda pasayish ko‘rsatkichi 33,1 foizni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top