19:28 / 27.07.2016
8483

Mercedes elektr yuk mashinasini taqdim etdi

Urban eTruck deb nomlangan avtomobil 26 tonna yuk bilan 200 kmgacha masofani bosib o‘ta oladi. Aytish mumkinki, Germaniyaning Mersedes-bents kompaniyasi tomonidan Shtutgartda namoyish etilgan Urban eTruck to‘liq elektr motorda harakatlanib, yuklarni shahar va uning atrofida manziliga yetkazishi mumkin. Uning 26 tonnani tortishi ham o‘z toifasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mercedes-Benz kompaniyasining Urban eTruck loyihasi istiqbolli ishlanma hisoblanadi. Uning elektr motori uch o‘qli «arava»siga joylashtirilgan. Mashinani orqa o‘qqa joylangan uzatma qutisi harakatlantiradi. Bundan tashqari, uchseksiyali litiy-ion batareyasi, to‘xtash energiyasini rekuperlash tizimi vositasida qayta quvvat oladi. 

Ikkita elektrodvigatelning umumiy 340 ot kuchiga teng. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, Urban eTruck kelasi o‘n yillik boshlaridan ishlab chiqarilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top