14:33 / 27.07.2016
19257

Shahrisabz tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: UzA

Qashqadaryo viloyati hokimining Qaroriga asosan Shahrisabz tumaniga yangi hokim tayinlandi.

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasida huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi Bosh direktori Nusurov Ismat Nusratovich Shahrisabz tumanining yangi hokimi etib tayinlandi", deyilgan qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

1969 yili Qarshi shahrida tug‘ilgan Nusurov Ismat uzoq yillar davomida Davlat Raqobat qo‘mitasining turli bo‘linmalarida rahbar lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan.

U Toshkent Iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi.

Shahrisabz tumanida 2012 yildan bugunga qadar Faxriddin Norov hokimlik qilib kelayotgandi.

Top