18:20 / 27.07.2016
33232

Telefonni to‘g‘ri quvvatlashga yordam beruvchi "oltin" qoidalar

Sevimli smartfonimizning batareyasi bir kunga ham yetmay qoldimi? Bu muammo barchaga tanish bo‘lsa kerak. Bunga ishlab chiqaruvchilar aybdor emas (ba'zida ular ham qisman aybdor). Ko‘plab insonlar telefonlarini g‘ayrioddiy, tushunarsiz yo‘llar bilan zaryadlashadi. Mazkur maqola orqali siz yo‘l qo‘yadigan xatolar va telefonni aslida uzoqroq ishlashi uchun qanday zaryadlash kerakligini bilib olasiz.

 

Sug‘urtalash

Telefonni "har ehtimolga qarshi" qabilida quvvatlamang. Quvvat olgach, tortib oling. Ko‘plab tadqiqotlar shuni isbotladiki, telefonni tuni bilan zaryadda qoldirish odati akkumulyatorning keskin ishdan chiqishiga olib keladi.

 

100%

Aslida, smartfonni oxirigacha zaryadlash zarur emas. InGeo Review nashrining so‘nggi sonidagi ma'lumotlarga ko‘ra, litiy-ionli batareyalar doimiy yuklanishlarni yaxshi ko‘tara olmaydi. Kuchli bosim akkumulyatorning uzoq muddatga yetuvchi drayv qobiliyatini kamaytirishi mumkin. Telefonni kun davomida bir necha marotaba zaryadlash maqsadga muvofiq bo‘ladi — albatta, zarur bo‘lgan vaqtda.

 

10 foiz

Smartfonni akkumulyator 10 foizini yo‘qotgan mahal zaryadlash yaxshi samara beradi. Albatta, vaqtni nazorat qilib borish qiyin — bu qo‘rqinchli emas. «Imkon bo‘lishi bilan quvvat olishga qo‘yaman» taktikasini qo‘llashda davom eting va telefoningiz sizga yanada uzoqroq xizmat qiladi.

 

Yoqimli bonuslar

Bunday amaliyot telefonning barcha funksiyalaridan foydalanishga yordam beradi. Zaryadni «har ehtimolga qarshi» asrab qo‘yishga harakat qilmang: agarda yoningizda rozetka bo‘lsa, bunga hojat ham yo‘q. PokemonGo o‘ynang, kartalar yuklab oling — muhimi o‘z vaqtida zaryadlashni unutmang.

 

Sovuq munosabat

Smartfon batareyalari issiqlikga juda ham sezgir bo‘ladi. Hattoki, Apple mutaxassislari ham telefonni salqinroq joyda saqlashni tavsiya etishadi. Protsessor jiddiy tarzda qizib, batareya isib ketgan holatda birinchi bo‘lib, telefonni g‘ilofdan ajratish kerak — u devaysning orqa tomoni sovushiga yo‘l qo‘ymaydi. Plyajda esa smartfonni doim panada berkitib yurish kerak. Aks holda, u salqin joyga nisbatan tezroq quvvatsizlana boshlaydi. 

Top