18:06 / 27.07.2016
4485

Turkiya IIV isyondan keyin 8 mingdan ortiq kishi hibs qilingani haqida ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Turkiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, 15 iyul oqshomidagi davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin boshlangan yalpi tozalash ishlari davomida 8 ming nafardan ortiq kishi hibs qilingan.

Reuters agentligi ma'lumotiga ko‘ra, tadbirlar davomida jami 15 mingdan ortiq kishi isyonga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan, shundan 10 ming nafardan ortig‘i harbiylardir.

Bundan oldinroq, Turkiya hukumati isyonda 35ta qiruvchi samolyot hamda 239ta zirhli mashinadan foydalanilgani haqida xabar bergandi.

15 iyul oqshomida Turkiyaning Istanbul va Anqara shaharlariga tanklar olib kirilib, davlat to‘ntarishi amalga oshirilgani e'lon qilindi. 16 iyul tongida isyon bostirildi.

Tartibsizliklar vaqtida tinch aholi vakillaridan 246 kishi halok bo‘lgan va 2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Isyonchilarning yo‘qotishlari hisobi qilinmagan.

Top