18:02 / 27.07.2016
6576

Xiaomi o‘zining yangi ultrabukini taqdim etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Pekindagi maxsus tadbirda o‘zining shaxsiy noutbukini birinchi modeli Mi Notebook Air'ni taqdim etdi. Qurilma ikki xil talqinda, 12,5 va 13 dyuymli ekranlarda chiqadi. Yangi qurilma narxi 3499 yuan (525 dollar atrofida) va 4999 yuan (750 dollar atrofida) deb baholanmoqda.

Notebook Air anodlangan alyuminiydan iborat to‘liq metall korpusda ishlab chiqariladi. Korpus rangi ikki xil bo‘ladi: kumush va pushti tillarang. Alyuminiyli korpus qurilmaning hajmini maksimal darajada qisqartirishga yordam beradi: 12,5 dyuym uchun 1,07 kilogramm va 13 dyuym uchun 1,28 kilogramm.

Yangi qurilma qalinligi — 12,9 va 14,8 millimetr. Bundan tashqari, korpusga bir marta zaryadlanganda quvvati 11,5 (12,5 dyuymli talqin uchun) va 9,5 soat (13 dyuymli talqin uchun) ishlay oladigan batareya o‘rnatilgan.

12,5 dyuymli noutbuk Air Intel Core M3 protsessori, 4 gigabayt operativ xotira va kengayish imkoniga ega 128 gigabayt SSD diskga ega bo‘ladi; 13 dyuymli talqin esa Intel Core i5  oltinchi avlod protsessori, DDR4 standartli 8 gigabayt operativ xotira, 256 gigabayt SSD disk va GDDR5 standartli 1 gigabaytgacha bo‘lgan xotirani ko‘tara oluvchi NVidia 940MX videoadapterga ega.

Kichik o‘lchamlarga qaramay, noutbuk to‘liq hajmli tugmalari yonuvchi ultra ingichka klaviaturaga ega. 

Notebook Air ultrabukining Full HD ekrani to‘liq nurlanishga qarshi laminatsiya bilan qoplangan va yuqori mustahkamlikdagi shisha bilan himoyalangan. Qurilmaning o‘ziga hos jihati — ekranning 5,6 millimetrdan biroz kichikroq bo‘lgan ultra nozik ramkasi.

Noutbuk ichida beshta port joylashgan: HDMI, ikki USB 3.0, quloqchin uchun 3,5 millimetrli teshik va USB Type-C. So‘nggi port ham qurilmani quvvatlash uchun mo‘ljallangan teshik ko‘rinishida bo‘ladi.

Notebook Air'ga Mi Cloud Sync bulutli ma'lumotlar omborini ko‘tara oluvchi Windows 10 Home o‘rnatiladi. Shuningdek, Xiaomi yangi qurilma noutbuk ochilganida uni avtomatik tarzda bloklab qo‘yish imkoniga ega Mi Band 2 bilaguzukini ham ko‘tara olishini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top