19:45 / 28.07.2016
9923

AQSh ShHT kuzatuvchisi bo‘lishni rejalashtirmayapti

© RIA Novosti. Mixail Klimentev

AQSh Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish uchun murojaat qilishni rejalashtirmayapti, deya ma'lum qilgan AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Deniyel Rozenblyum.

"Hozircha, bu mavzu ko‘rib chiqilmayapti", — degan Rozenblyum jurnalistlar bilan telefon orqali konferensiyasida. 

ShHT tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. 2017 yilda Pokiston va Hindiston tashkilotning teng huquqli a'zosi bo‘lish jarayonini to‘liq yakunlashi kutilmoqda. 
 

Top