21:06 / 28.07.2016
7458

American Airlines styuardessasi samolyotning yonayotgan dvigatelini videoga oldi

Foto: Videodan olingan kadr

American Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Texas aeroportida dvigatellardan biri yonib ketgani sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Voqea 27 iyulda samolyot Dallas aeroportidan ko‘tarilishi bilanoq yuz bergan. E'tiborlisi, samolyotdagi styuardessalardan biri Ember Foks yong‘inni videoga oldi va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi.

Samolyotda 130 kishi bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, samolyot esa beshikast qo‘na olgan.

Top