12:20 / 28.07.2016
7224

Assanj AQSh prezidentligi uchun nomzodlarni bedavo dardlarga tenglashtirdi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh prezidentligi uchun saylovda kurash olib borayotgan ikki nomzod bo‘lmish Donald Tramp va Hillari Klinton kurashini vabo hamda so‘zak o‘rtasidagi kurashga qiyosladi. Bu haqda Democracy Now! xabar tarqatgan.

"Siz mendan nega ularni vabo va so‘zakka tenglashtirganimni so‘rarsiz? Shaxsan menga saylovdagi jarayonlar yoqmayapti", degan u jurnalistlarning saylovlar kelajagi bo‘yicha savoliga javoban.

Wikileaks asoschisining fikricha, mamlakat boshqaruvida lobbistlar guruhi va byurokratiya asosiy rolni bajaradi.

"Menimcha, siz ham AQShda siyosat qanday olib borilishi haqida bilasiz. Qaysi partiya hokimiyatni qo‘liga olmasin, byurokratiya boshlanadi", degan u.

Assanj saylovlar natijasi qanday bo‘lishi ahamiyatga ega emasligini qo‘shimcha qilgan.

Bundan oldinroq, Tramp Amerikani buyuk davlat deb bilmasligi haqida aytgani xabar qilingandi.

Top