09:58 / 28.07.2016
4255

Eng mashhur YouTube-blogerning kompaniyasi bir yilda 8 mln dollar ishlab topdi

videobloger PewDiePie

Ko‘proq PewDiePie taxallusi bilan ma'lum bo‘lgan eng mashhur videobloger Feliks Kellbergning kompaniyasi 2015 yilda 8,1 mln dollar ishlab topdi. Bu haqda kompaniyaning Shvetsiya soliq idoralariga bergan hisobotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Hisobotga ko‘ra, kompaniya daromadi 2014 yilga nisbatan 12 foizga, tushum esa 18 foizga (8,6 mln dollar) o‘sgan.

PewDiePie YouTube’da eng katta auditoriyaga ega bloger bo‘lib, o‘tgan yili Forbes jurnali uni eng ko‘p haq oluvchi bloger deb atagandi. Jurnal ma'lumotlariga ko‘ra, u yiliga 12 mln dollar topadi.

Top