16:59 / 28.07.2016
5370

Xalqaro tennis federatsiyasi turnirlarida o‘zbekistonlik tennischilarning qo‘li baland keldi

O‘zbekistonlik tennischilar Nigina Abduraimova hamda Sabina Sharipova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Xitoy va AQShda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi N.Abduraimova Xitoydagi turnirda mezbon tennischilar Ziyu Sundanni 6:2, 6:4, Ksinyun Xanni 5:7, 6:2, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Nigina chorak finalda polshalik Ursula Radvanskaga qarshi kortga chiqadi.

Sabina Sharipova AQShda o‘tayotgan nufuzli musobaqaning birinchi davrasida mezbon tennischi Jyenefer Eliyeni 6:2, 6:4 hisobida yengdi. U ikkinchi davrada amerikalik Francheska Di Lorenzo bilan kuch sinashadi.

Top