17:38 / 28.07.2016
13562

Islom Karimov Yaponiya hukumatiga hamdardlik bildirdi

2016 yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega 26 iyul, seshanba kuni Sagamihara shahridagi nogironlar uyida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan fojiaviy hodisa munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Islom Karimov o‘z maktubida samimiy ta'ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik va dalda bildirdi.

26 iyul kuniga o‘tar kechasi Yaponiyaning Sagamihara shahridagi imkoniyati cheklangan kishilar istiqomat qilgan pansionatga shu muassasaning sobiq xodimi hujum qilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi va 26 kishi jarohatlandi. Hujum qiluvchi bu jinoyatni marixuana ta'sirida bo‘lgan vaqtda amalga oshirgan.

Top