12:04 / 28.07.2016
8926

Obama Trampni fashistlar bilan bir qatorga qo‘ydi

AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Trampni demagog (safsataboz) deb atadi va fashist hamda kommunistlar bilan bir qatorga qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Bizga tahdid soladigan istalgan kishi, u fashist bo‘ladimi, kommunistmi, terrorchimi yoki amerikalik demagogmi, uning mag‘lub bo‘lishi muqarrardir", degan Obama demokratlar partiyasining s'yezdida.

U shuningdek, Trampga hushtakbozlik qilish shart emasligi, unga shunchaki saylov vaqtida ovoz bermaslik kerakligini aytgan.

Bundan oldinroq, Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg Trampni firibgar deb atagandi.

Top