10:47 / 28.07.2016
5720

Pogbaning «MYu» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bekor qilindi

Pol Pogbaning agenti Mino Rayola o‘z mijozining «Manchester Yunayted» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tishini bekor qildi.

Tibbiy ko‘rik 27 iyul kuni Mayami shahrida o‘tkazilishi belgilangandi. Ammo «MYu» va «Yuventus» vakillari transfer borasida kelishuvga erisha olmagani tufayli, futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bekor qilingan.

Manchesterliklar futbolchi uchun 120 million yevro taklif qilgan, turinliklar esa futbolchisini qo‘yib yuborishni istamayapti va ko‘proq talab qilib, takliflarni qaytarmoqda.

Qolaversa, Pogba uchun «Real» ham kurash olib bormoqda. Futbolchi manchesterliklar jamoasi yangi mavsumda YeChLda o‘ynamasligi tufayli, madridliklar safida o‘ynashni istayotgani aytilmoqda.

Rayola ushbu futbolchisining transferi orqali 30 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan.

Manba: Tribuna.uz

Top