14:02 / 28.07.2016
21718

Saratonning oldini olish usuli topildi

Berkli universiteti (Kaliforniya shtati) biologlari saraton o‘simtalarini o‘sishdan to‘xtatishning yangi usulini o‘ylab topishdi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan.

Olimlar xavfli o‘simtalarning o‘sishiga yordam beruvchi, atigi bir necha yuz xavfli oqsilning sintezini boshqaruvchi molekulani aniqlashga erishgan. Uning faolligini so‘ndirish bilan saratonning rivojlanishini keng ta'sirga ega tibbiy vositalarsiz to‘xtatish mumkin bo‘ladi. 

Aniqlangan eIF3d oqsili o‘zida oqsillarning aminokislotali ketma-ketligiga oid ma'lumotlarni saqlovchi matritsali RNK (mRNK) molekulasi bilan birlashadi. Har qanday mRNK ma'lum bir genning «namunasi»ga ega bo‘ladi va oqsilning sintezi jarayonida ayni namuna asosida peptid zanjiri hosil bo‘ladi. Hujayra eIF3d oqsilisiz bunday oqsillar zanjirini ishlab chiqa olmaydi.

Mavzuga oid
Top