18:49 / 29.07.2016
5783

Atambayev prokurorga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha tekshiruv boshlashga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Abdil Segizbayevga va IIV boshlig‘i Kashkar Junushaliyevga prokuror Erkin Kurmanaliyevning mashinasi portlatilishi bo‘yicha jiddiy tekshiruv olib borish hamda jinoyatchilarni topishni ko‘rsatma qilgan. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bugun ertalab O‘rtasoy qishlog‘ida (Bishkekdan 8 km masofada) Bosh prokuratura xodimiga tegishli avtomobil portlatib yuborildi. Hodisa avtomobil egasi uning eshigini ochgan paytda sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, uning o‘ng qo‘li jarohatlangan.

Tekshiruvlar davomida jabrlanuvchi  Bosh prokuraturaning ichki tergov bo‘limida katta prokuror lavozimida faoliyat ko‘rsatuvchi Erkin Kurmanaliyev ekani aniqlandi.

Atambayev shuningdek jabrlanuvchining davolanishi uchun xarajatlar to‘lab berilishini ta'minlash vazifasini topshirgan.

Top