18:37 / 29.07.2016
4729

Buxoroda Romitan tumanlararo sudining ikki qavatli yangi binosi foydalanishga topshirildi

Buxoro viloyatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining ikki qavatli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

– Yangi qo‘sh qavatli bino xonalari, sud zallari eng zamonaviy jihoz va texnika vositalari bilan ta'minlangan, – deydi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudi raisi I.Turdiyev. – Bu esa sud ishlarining o‘z muddatida ko‘rib chiqilishi, fuqarolar vaqtini tejash uchun katta qulaylik yaratadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan va G‘ijduvon tumanlari sudlari ham yangidan qurilgan zamonaviy binolarga ko‘chib o‘tdi. Mazkur binolar  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining 4 milliard 142,4 million so‘m mablag‘i hisobiga barpo etildi.

Top