00:37 / 29.07.2016
6870

Hindistonda dunyodagi "eng keksa" fil uchun bayram uyushtirildi

Google image

Hindistonning Kerala shtatida dunyodagi "eng keksa" fil uchun bayram uyushtirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, Dakshayani laqabli urg‘ochi fil 86 yoshda. Shu munosabat bilan Trivandram shahri ko‘chalarida filni olomon qarshiladi. Dakshayani bayramona bezaldi va "Momo fil" degan nom oldi.

Shuningdek, filni Ginness rekordlar kitobiga tutqunlikdagi eng keksa fil sifatida kiritilishi bo‘yicha ariza ham berildi, biroq unga rad javobi olindi. 

Ayni vaqtda Tayvanda 2003 yilda 86 yoshida vafot etgan Osiyo fili eng yoshi ulug‘ fil hisoblanadi.

 

Top