10:14 / 29.07.2016
41030

Señor & Señorita do‘koni: Kelinlar uchun nima kerak bo‘lsa, hammasi bizda...

Har bir kelin uchun kerak bo‘lgan narsalar bizda muhayyo.
Xotirjam va shirin uyqu uchun...

Turkiyaning Sarev brendi ishlab chiqargan momiq air choyshablar. Ularning ustidan yengil yozgi to‘shak va yostiqlar uchun choyshablar va qishda ishlatish uchun bir qadar qalin va issiq choyshablarni qo‘shimcha sifatida tavsiya qilamiz. Choyshablar yuqori sifatli ekologik toza matodan tikilgani uchun tanaga rohat bag‘ishlaydi. O‘zingizni tushdagiday his qilasiz... 

Mazali va unutilmas taomlar pishirish uchun...

Taomni mehr bilan tayyorlasa, u mazali bo‘ladi. Mehr har qanday ovqatga o‘zgacha ta'm beradi. Oshxonada o‘z mahoratingizni ko‘rsatish uchun yaxshi kulinariya buyumlaridan foydalanishingiz kerak. Biz sizga Britaniyaning Joseph Joseph brendi tomonidan ishlab chiqarilgan oshxona buyumlarini tavsiya qilamiz: qulay konteneyrlar, kapgirlar, kosalar va boshqa ko‘plab yuqori sifatli materiallardan tayyolangan oshxona buyumlari. Bu idishlardan foydalanib taom tayyorlaganda ovqat pishirish jarayoni haqiqiy bayramga aylanib ketadi.

Uyni bezash uchun

Señor & Señorita do‘konida qanday ajoyib dekorativ gullarni sotib olish imkoniyati borligini tasavvur qilsanngiz edi... Bizda shunday ajoyib sun'iy gullar borki, ularga shaydo bo‘lib aslidan farqlolmay qolasiz. Ularni parvarish qilish tabiiy gullarni parvarishlagandan osonroq. Ish xonasi, ofis va mehmonxona uchun alohida gullar tavsiya qilamiz. Hozirgi zamonda band ayol uchun uyining doim chiroyli turishi juda muhim. Biz bu borada sizga yordam beramiz. 

Mehmon kutish uchun

Mehmonlarni ajablantirish uchun nima qilish kerak? Eng avval chiroyli dasturxon bezatish... Mehmonxonangiz qandaydir bayram munosabati bilan dugonangizni mehmonga chaqirgandagina emas, doim chiroyli bo‘lishi kerak. Turkiyaning Karaca brendi ostida ishlab chiqariladigan chinni idishlar jamlanmasi har qanday mehmonni hayratga soladi. Ular uyingizga bayramona kayfiyat baxsh etadi. Mehmonlaringiz sizning didingizga lol qolishadi. Bunday chinni idishlarning oshxona uchun ishlatiladigan turlari ham bor.

Yaxshi kayfiyat uchun

Qiz bola doim yaxshi kayfiyatda bo‘lishi kerak. Tabiiy iforli diffuzordan foydalansangiz, atrofdagi ranglar yana ham chiroyli bo‘lib ko‘rinadi. Uning betakror iforga ega tarkibi sabzi urug‘i, Madagaskar vanili, achchiq apelsin, kalabriya bergemoti va jasmindan tarkib topgan. Sharqona uslubdagi shirin hid sizga eyforiya taqdim etadi. Diffuzorning zaxira idishlaridan sotib olsangiz, pulingiz ham tejaladi.

Millifori Milano parfyumeriyalari aqldan ozdiradigan hidga ega bo‘lib, uni tuyganda qanday hid sizga kerak bo‘lganini aniq anglaysiz.

Señor & Señorita do‘konidagi sizga ma'qul bo‘ladigan boshqa mahsulotlar haqida ma'lumot olishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga murojaat qiling.

Manzil: MEDIAPARK savdo markazi, Qoratosh, 2-qavat. 
Mo‘ljal: O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi. 
Ish tartibi: Dushanba-payshanba kunlari, soat 10:00dan 20:00gacha.
Juma-yakshanba kunlari, soat 10:00dan 22:00gacha. 
Telefon: (99871) 202 77 00
Xaridlar terminal yoki naqd to‘lov orqali amalga oshiriladi.
Feysbukdagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/senorandsenorita/ 
Instagramdagi rasmiy sahifa: @senorandsenorita

Reklama huquqi asosida

Top