09:32 / 29.07.2016
3981

Klinton AQSh prezidentligi uchun demokratlar nomzodi bo‘lishga rozi bo‘ldi

Foto: The Guardian

AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Demokratik partiyadan prezidentlik uchun rasmiy nomzod bo‘lishga roziligini bildirdi, deb xabar qilmoqda Fox News.

«Men Qo‘shma Shtatlar prezidentligi uchun sizlar ko‘rsatgan nominatsiyani qabul qilaman», — degan Hillari partiyaning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan umummilliy s'yezdida. 

Klinton xonim o‘z nutqida ta'kidlashicha, “AQSh davlat rahbarini saylashda kimga qarshi kurashish kerak”ligini va “bu sinovlardan qo‘rqmaslik lozim”ligini yaxshi tushunadi, deb yozgan Politico. 

Shu bilan birga, demokratlar nomzodining ishontirishicha, u Respublikachilar vakili milliarder Donald Tramp taklif qilayotganidek “devor qurmaydi”, aksincha, “mamlakat iqtisodiyotiga hissasini qo‘shayotgan millionlab muhojirlarga fuqarolik taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Top