10:50 / 29.07.2016
5675

Microsoft 3 mingga yaqin xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda

Microsoft korporatsiyasi yil davomida 2 850 nafar xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Bloomberg nashri xabar berdi

Qisqartmalar kompaniyaning mobil bo‘limida amalga oshiriladi. Qisqartirish ishlarining aksariyati 2017 moliyaviy yilda yakunlanadi. 2016 yilning may oyida Microsoft Finlyandiyada 1,3 mingdan ortiq ishchi o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandi. Xususan, mobil telefonlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Microsoft Mobile Oy kompaniyasi yopiladi, uning idoralari Tamper va Espooda joylashgan bo‘lgan. Shuningdek o‘sha payt Amerika kompaniyasining butun dunyoda yana 500 nafar xodimi qisqartirilishi ma'lum qilingandi. 

Finlyandiya apel oyida Nokia’dagi xodimlar qisqartmasi natijasida 1,3 ming  fuqarosining ishsiz qolganligi tufayli YeIdan yordam so‘rash niyatida ekanligi haqida xabar qilgandi. 

Mavzuga oid
Top