00:33 / 29.07.2016
7975

Rossiya London sudiga Ukrainaning 3 mlrd dollarlik qarzi bo‘yicha arznoma berdi

Foto: © Flickr

Rossiya London oliy sudiga Ukrainaning Rossiyaga 3 mlrd dollarlik qarzni qaytarishdan bosh tortgani sababli arznoma berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainaning qarzni bermaslik qaroriga qanday munosabat bildirishini bilmasligini aytgandi.

Bundan avvalroq Ukraina moliya vaziri Kiyev Rossiyaga sobiq prezident Viktor Yanukovich vaqtida olingan qarzni to‘lashga sabab ko‘rmayotganini aytgandi.

Bundan tashqari, vazir bu qarzni Ukrainani "olishga majbur qilingan" "siyosiy qarz" deb atadi.

Top