11:56 / 29.07.2016
6089
Rossiya va Xitoy Janubiy-Xitoy dengizida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Foto: metronews

Xitoy qurolli kuchlari Janubiy-Xitoy dengizida Rossiya harbiylari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda Fox News.

XXR harbiy ma'muriyati vakili so‘zlariga ko‘ra, harbiy havo va harbiy dengiz kuchlarining mashg‘ulotlari sentabr oyida bo‘lib o‘tadi. O‘quv amaliyotlari ikki mamlakat armiyalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilash hamda dengizdagi tahdidlarga birgalikda javob berish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan. 

Bunda, vazirlikning qayd etishicha, mazkur harbiy o‘quv mashg‘ulotlar boshqa biron davlatga qarshi qaratilmagan.

Top