15:37 / 29.07.2016
23080

Ruslan Chagayevning turmush o‘rtog‘i uning boksdan ketishi sababini aytdi

Ruslan Chagayev bokschilik faoliyatini yakunlagani haqidagi ma'lumot uning rafiqasi Viktoriya Chagayeva tomonidan ham tasdiqlandi. Bu haqda iSport.ua xabar berdi.

«Shukrki, uning sog‘ligi joyida. Shunchaki, Ruslan boshqa boks tushgisi kelmayotganini angladi va faoliyatini yakunlashga qaror qildi. U Braun bilan jangdan keyinoq ringdan ketishini aytgandi. U boksdan charchadi va endi ringga qaytmoqchi emas», — degan Viktoriya Chagayeva.

Bundan oldingi xabarlarda boskchining ko‘zidagi muammo uni faoliyatini to‘xtatishga majbur qilgani haqida aytilgandi.

37 yoshli Chagayev WBA yo‘nalishida 2007-2009 yillar davomida og‘ir vazn toifasida chempion bo‘lib turgan.

U professional ringdagi ilk jangini 1997 yili o‘tkazgan. U shu vaqtgacha 38 marta ringga tushib, 34 g‘alaba, bir durang va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. Uning oxirgi jangi 2016 yilning 5 martida avstraliyalik Lukas Braunga qarshi kechgan jang bo‘lib qoldi.

Top