19:17 / 29.07.2016
19315

Shahzoda Charlz va malika Dianalarning to‘yiga 35 yil bo‘ldi

Foto: © AP

1981 yilning 29 iyulida Britaniya taxt vorisi Uels shahzodasi Charlz va graf Spenserning kenja qizi Diana Spenserlarning to‘ylari bo‘lib o‘tdi. Kamtarin va ziyoli bog‘cha tarbiyachisi Angliya qirollik oilasining a'zosiga aylandi. Charlz va Diananing nikohiga ommaviy axborot vositalari katta e'tibor qaratishgan. Tantanali marosim Londondagi Muqaddas Pavel ibodatxonasida bo‘lib o‘tgan. Kelin marvaridlar bilan qoplangan, olti metrli shleyfga ega hashamatli to‘y libosida bo‘lgan. Ko‘ylakni britaniyalik modelerlar - Devid va Elizabet Emmanuellar yaratishgan. Diana va Charlzning nikohidan ikki o‘g‘il – Uels shahzodalari Uilyam (1982) va Harri (1984) dunyoga kelgan. 1990 yillar boshida Charlzning Kamilla Parker Boulz bilan davom etib kelayotgan aloqalari tufayli juftlikning munosabatlariga darz ketgan. 

Diana va Charlzning to‘y suratlari bizning fotojamlanmamizda!

Diananing ko‘k yoqut va olmoslar bilan ishlangan nikoh uzugi hozir uning kelini Keyt Midltonga tegishli
 

 

 


 

Mavzuga oid
Top